Namangan viloyatida topilgan 6 dona eski aviabomba Popdagi harbiy qism poligonida yo‘q qilindi. Ular topilgan hududda o‘tgan asrning 50-yillarigacha harbiy poligon bo‘lgani aytilmoqda.
Namangan viloyati Davlatobod tumanidan 4 ta butun va 2 ta yarim yemirilgan bomba topildi. Topilgan bombalarni zararsizlantirish maqsadida yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida mahalliy tadbirkorga tegishli qo‘ylar podasi tuman hokimligi binosi tomonga haydaldi. Tadbirkor tuman ma’muriyatidan talab qilgan yerni ajratmaganidan norozi bo‘lgan. Hokimlik unga ikkita yer maydonini tanlashni taklif qilishganiga aniqlik kiritdi, ammo u taklif qilingan variantlardan bosh tortgan.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Namangan viloyatining uchta tumanida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini qurish uchun 70 mln dollar miqdorida kredit ajratadi.
Namangan viloyatida sel kelishi natijasida ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rdi. 7 may kuniga belgilangan №60 Toshkent — Andijon poyezdi qatnovi bekor qilindi.
Namangan viloyatida shar’iy turmushdagi xotinini muntazam qiynab, do‘pposlab kelgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tibbiy ekspertizada jabrlanuvchining tanasida yengil tan jarohatlari aniqlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda er xotinini arqon bilan bog‘lab, ketmon dastasi singuncha kaltaklaganligi aytilmoqda.
Namangan viloyati hokimi prezident tanqid qilgan “Bunyodkor” mahallasida yashashini ma’lum qilgan edi. Hozirda ushbu hududda konteyner o‘rnatilib, uning atrofi devor bilan o‘raldi. Bundan tashqari, uy hovlisida fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham barpo etilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazoqov prezident rejalashtirilmagan tarzda borgan «Bunyodkor» mahallasida muammolar o‘z yechimini topguniga qadar yashashini aytdi. «Bugun shu yerga konteyner o‘rnaydi va unga „viloyat hokimining uyi“ deb yozib qo‘yiladi», — dedi hokim. Boshqa hududlardagi muammolar ham shu tarzda hal etilishi ma’lum qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga 2021−2022 yillarda umumiy qiymati 23 trln 700 mlrd so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, Namangan shahri infratuzilmasini yaxshilashga, loyihalarni moliyalashtirish va limonchilikni rivojlantirishga 60 mln dollar ajratiladi. «Agar shuni to‘g‘ri, samarali yo‘naltirib ishlatsak, viloyatning iqtisodiyoti jadal rivojlanadi, hamma tumanlarga sanoat kirib boradi, odamlar ishli bo‘ladi», — dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga yo‘l oldi. Tashrif davomida sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Bosh prokuratura va DXX Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ular karantin davrida Federatsiyaga kirish taqiqlanganidan foydalanib, ikki kishini davolanish uchun hujjatlarni soxtalashtirib, yubormoqchi bo‘lgan.
G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Namangan «Paxtaliko‘l» suv uzatish inshootida favqulodda nosozlik sodir bӯldi. Natijada viloyatning 10 dan ortiq mahallalari ichimlik suvi ta’minotidan uzildi.
Gaz shoxobchasida navbatda turgan 1952-yilda tug‘ilgan fuqaro “Jiguli” avtomashinasini surib, harakatlantirishga uringan vaqtida, to‘satdan yiqilib, vafot etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning mashinasi navbatda uzoq turgani bois muzlab qolgan deyishmoqda.
8 yanvar kuni Namangan viloyatida qulagan ko‘prik haqida rasmiy munosabat bildirildi. Unga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q. Ushbu inshootga davlat byudjetidagi mablag‘ ajratilmaganligi va u xususiy tadbirkor shaxsiy mablag‘i hisobiga qurilganligi aytilmoqda.
Bosh prokuratura To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlikdan zaxarlangan 6-bemor vafot etganini ma’lum qildi. Bir nafar bemor reanimatsiyada qolmoqda. Sotuvchi va yetkazib beruvchiga nisbatan jinoiy ish ochildi.
To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida zaxarlanib o‘lganlar soni 2 kishidan 5 kishiga yetdi. Ular orasida eng kattasi — 52 yosh, eng kichigi esa — 36 yoshda. Jami 13 kishi zaxarlangan.
Namangan viloyatida «Nexia» va «Cobalt» avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv ro‘y berdi. YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlanib, turli tashxislar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Namagandagi kafelardan birida 21 yoshli fuqaro atrofdagilarni tinchini buzib, o‘tkir kesuvchi jism bilan 24 yoshli fuqaroni og‘ir jarohatladi. Hozirda unga unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Namangan viloyatida ZIL-130 va Neksiya-1 rusumli avtomashinalar to‘qnashdi. YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi, ikki nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting